IMKONIYATLARGA INTILIB…

literatureO’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasida kitobning o’rni va hamiyatini ta’kidlab, ayni vaqtda axborot komunikatsiya sohasidagi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga yoshlarning kitob o’qishga qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini aytib o’tdilar. Maktab, mahalla, gazeta-jurnal deysizmi yoki teleko’rsatuvlar orqali bu haqda yurtimizda ko’p amaliy ishlar o’z natijasini bermoqda. Ayniqsa, oilaviy kitobxonlik davralarining o’tkazilishi o’quvchilarning bo’sh vaqti mazmunli o’tishini ta’minlamoqda. Shunday ekan har qanday hikmatli fikr ham takror-takror eslab turilgan taqdirdagina avloddan-avlodga yetib boradi va xalqqa munosib xizmat qiladi. Yosh avlod kitobga mehr qo’yar ekan, endi ularni kundalik hayot voqealari mazmuniga singdirish va yosh avlodni kelajak hayot sari yo’naltira olishga to’g’ri keladi. Shu mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda nimalarga e’tibor berish kerakligi barchamizning tashvishimiz emasmi? Qanday qilinsa adabiyot darslari hayot darsligi bo’la oladi? Eng asosiysi, nima qilinsa, o’quvchi badiiy so’zning qudratini , uning kitobxonga olam-olam zavq bo’lib, ezgu maqsadlar sari intiltira olish kuchini anglay oladi. Biz pedagoglar, ota-onalar shunday yo’l tutaylikki, farzandlarimiz adabiyot darslarini, kitobxonlik davralarini intizorlik bilan kutishsin. Har bir dars ularga qandaydir yangilik bersin, chuqur mulohaza yuritishga undasin , ijodiy kamol cho’qqilari sari yo’naltirsin. Navoiy, Bobur bobolarimiz, Nodira, Uvaysiylar ham kitobga bo’lgan muhabbat va kitobxonlikning zavqi haqida ko’p bora uqtirishgan.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablari kutubxonalarida mavjud bolalar adabiyoti o’rganib chiqildi va bolalar sevib mutoola qiladigan adabiyotlar bilan to’ldirildi. Eng quvonarlisi, kutubxona yoki kitob do’koniga borish imkonini qilolmasangiz, istagan kitobingizni tez va qulay siz-u bizga tuhfa qila oladigan foydali saytlar: kitob.uz, ziyonet.uz, ziyouz.com online kutubxonalaridan topishimiz mumkin. Professor Fitrat o’zining ilmiy izlanishlari uchun chet-el kutubxonalariga borib foydalangani bizga ma’lum. Hozir-chi? Kutubxonaning o’zi uyimizga kelsa, ahir bu- mo’jiza-ku! Axborot- kommunikatsiya texnalogiyalari ortiqcha tashvishlar ozayib, uzoq masofalarni yaqin qilish imkonini berdi. Nega bunday imkoniyatdan foydalanmasligimiz kerak. Zamon bilan hamnafas bo’lib , imkoniyatlarga intilib o’z ustimizda ozgina ishlasakkina bugunning yoshlariga ibrat bo’la olamiz.
Nazokat Mamasidiqova     ona tili va adabiyot  fani o’qituvchisi

Kitob -bebaho boylik

19-may kuni Respublika Yosh kitobxon tanlovi g‘olibi Sharofatxon Ismoilova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. O‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kitob bebaho boylikekanligi anglab Sharofatxon singari kitob o‘qishga ahd qildilar.

Xotira va qadrlash bayrami

Joriy yilning 9-may arafasida  Oltiariq tumanidagi4-IDUMda ham ko‘plab xotira tadbirlari o‘tkazildi.  II jahon urushi qatnashchilar Ismoil hoji Mahmudov,Qahhorhoji Mag‘ripov, Qahhor hoji Shokirovlar xabar olindi. Bundan tashqari maktabda uzoq yillar mehnat qilib nafaqaga chiqqan faxriy ustozlar taklif etildilar.

Innavatsion olimpiada

4-IDUMning 9-sinf o‘quvchisi Otajonov Samandar Innavatsion Olimpiada tanlovida kimyo fanidan qatnashdi va Respublika bosqichida faxrli o‘rinni egalladi. Samandar Prezident maslahatchisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Qo‘chqorovich Quronboyevning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Kitob bayrami

2018-yil 27-aprel kuni 4-IDUMda «Javondagi javohir» nomli kitob bayrami o‘tkazildi. Tadbirda xalq ta’limi bo‘limi mudiri T.Boymatov, «Nuroniy» jamg‘armasi, tuman hokimligi vakilari va 600 nafar ota-onalar ishtirok etdilar. Shu kuni mingdan ortiq kitoblar sotib olindi. Ota-onalar farzandlari javoniga va maktab kutubxonasi uchun bebaho javohir kitoblarni sovg‘a qildilar. 

8-MART

Maktabda 2018-yil 7-mart kuni o‘quvchilar ishtirokida “8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 6-9-sinf o‘quvchilari, sinf rahbarlari, MMIBDO‘ ishtirok etdi.

Tadbirni MMIBDO‘ K.Mahmudova ochib berdi. U o‘z so‘zida xotin qizlarni, mo‘nis onaxonlarga bayram bilan tabrikladi.

8-9-sinf o‘quvchilari tadbirni boshlab berdilar. Tadbirda onalarga ta’rif, tabrik va she’rlar aytdilar. Ayol doimo muhabbat, go‘zallik ramzi bo‘lib kelgan. Tabiat unga o‘z xazinasidagi barcha hislatlarni hadya etdi: husn, latofat, mehrga to‘la qalb… Evaziga bir imkoniyatni ayoldan olib qo‘ydi: o‘zi uchun qayg‘urish. Shu sabab ayollarga mehr ulashib, ularni xushnud qilish uchun kuchli bilak sohiblari-yigitlarimiz har yili 8-mart kuni shay turishadi. Ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol avvalo, har bir insonning beshigini tebratadigan, oq sut berib, unga insoniylik saboqlarini singdiradigan, hayot bo‘ronlaridan asraydigan fidoyi insondir.

O‘quvchilar onalarga ayollarga atab juda chiroyli she’rlar aytdilar.

Goh qurib, goh to‘lib soylar oqar,

Qora tunlar ortidan tonglar otadi.

Azaldan qalbda bir so‘rov yotadi,

Ayollar bardoshin qaydan oladi?

9-sinf o‘quvchilari onalarga bag‘ishlab sahna ko‘rinishi namoyish etdila. Sahna ko‘rinishida ayol bardoshi, matonati va mehri aks etirilgan sahnalar namoyish etdilar. Shu kuni maktabda 2-4-7-sinf o‘quvchilari ham o‘zlari tayyorlagan tadbirlari namoyish etdilar.

8-mart bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘z nihoyasiga yetdi.

SALOM SENGA, EY ZULFIYADAN MUJDA KELTIRGAN BAHOR!

Salom senga, ey Zulfiyadan  mujda

 keltirgan Bahor!

Nafaqat o’z  she’rlari, balki  butun xayoti  bilan o’zbek  ayolining ma’naviy  qiyofasini  namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi  insonlar qatoriga qo’shgan bo’lardim. Uning  jahon minbarlaridan  yangragan she’rlari  SHarq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi  sifatida millionlab  she’riyat muxlislariga odamiylik, muxabbat va sadoqatdan  saboq bergan, desak, mubolag’a bo’lmaydi.

                                                              ISLOM  KARIMOV.

Mustaqillik  maydoniga  yo’limiz tushar ekan, muazzam Baxtiyor ona, Xotira xiyobonida esa Motamsaro ona monumentlari  oldidan shunchaki o’tib ketolmaymiz. Vatan himoyachilarining o’ziga xos ziyoratgohiga aylangan  “Vatanga qasamyod”  xaykalida ham munis va mo’’tabar onaning xarbiy hizmatga otlangan aziz  farzandining oy borib, omon qaytishini  tilab duoga qo’l ochgan siymosi gavdalangan. Va bularning barida yakdil bir jihat:  ayol-ona, u xuddi Vatan kabi  aziz va mo’’tabar ekanini anglaymiz. Bu jihatlar O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya ijodi va xotirasiga ko’rsatilayotgan  yuksak  ehtiromda yanada rangliroq  aks etadi.

Bugun  mamlakatimiz   ahli har baxorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni  nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi. Shoira kitoblarini  yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin.

Ha XX asrning buyuk ayollari safida, shubhasiz, munosib    o’rin  egallovchi taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalk shoiri, xalqaro «Javoharla’l Neru», « Nilufar» mukofotlari sovrindori Zulfiya Isroilova haqida  qancha gapirsak kam. Uning o’zbek adabiyoti, va falsafasi  rivojiga qo’shgan hissasi alohida tahsinga  loyiqdir! Zero, Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda, Zulfiyaxonim «… bu yorug’  dunyoda  ayriliq va hijron azobini, g’am- anduhlarni matonati bilan mahv etgan, armonlardan tirik orzular yaratgan, tog’dek bardoshi bilan sadokat va vafo ramziga  aylandi».

Zulfiyaning yuragini  she’riyat katta olam, olis yo’llar bilan bog’ladi, taniqli shoira, jamoat arbobi sifatida jaxon minbarlarida ovozi  yangray boshladi.  Uning  «mushoira»si she’riyatni   insoniyat baxtu saodati, tinchligi, do’stu birodarlarini buyuk Elchisi maqomiga ko’tardi. Poeziyaning jozibasi o’zbek tilini kamalak ranglari, tinchlik, do’stlik degan nonday aziz so’zlar oftobi dunyo xalqlarini yuragiga kirib bordi uning mag’rur ovozida. Sharq mumtoz adabiyotidagi mushoira janriga yangi mazmun, ma’no bag’ishladi. Sharq she’riyati osmonida «Zulfiya»degan go’zal yulduz charaqlab porladi.  Har yili bahorni birinchi kunida  ko’ksida Zulfiya siymosini porlatib navnihol Zulfiyalar safimizga kirib  keladilar.  Zulfiyaning ovozi, so’zlari, yoshligi bo’lib ko’zimizni quvontirib yuradilar ular. Zulfiyani bog’lari navqironlik, mexr-muhabbat, sadoqat, nafosat, Vatanga so’nmas e’tiqod chechaklari ochilaveradi. Bu bog’lar xazon bo’lmaydi, shoira aytganidek, uni mahv etolmas xazon  lashkari…..

Xaqiqatan ham, o’zbekona ta’lim-tarbiyaning  eng tiniq chashmalaridan   bahramand  bo’lgan,  mumtoz  adabiyotimiz, madaniyat va  ma’naviyatimiz darsxonalaridan saboq olib   ulg’aygan  Zulfiya shoira, ona, arbob  sifatida  o’zbek  ayoli sha’nini   sharaflab yashadi. 1995 yil 1 mart kuni uning 80 yoshga   to’lishi  munosabati bilan  Yurtboshimiz  yuborgan  tabrikda go’yoki xalqimizning  Zulfiyaxonimga  ehtiromu e’tiroflari  jam  bo’lgandek  edi:

«….Siz  zamonamizning  zabardast shoiri  va  jamoat arbobi  sifatida O’zbekistonning   jarangdor  ovozi  bo’ldingiz, deb  aytsak aslo mubolag’a  bo’lmaydi. Jahon minbarlarida   yangragan  she’rlari-SHarq ayolining  aqlu  zakosi,  fazlu kamolidan noyob nishonadir….

Muxtaram Zulfiyaxonim!

…. Siz  Gulbadanbegim, Zebiniso, Uvaysiy, Nodirabegim  kabi SHarqning  buyuk  fozila ayollari  boshlangan an’analarini  boyitib, yangi  pog’onaga    ko’tardingiz…»

Zulfiya  xalqimiz  tarixining  ajralmas  qismi sifatida  bugun yoshlar  qalbida,     ongu shuurida o’z   ijodiy nafasi, yashab o’tgan  fidoiy umri  bilan mangu  qolishga  xaqlidir.  Shoira  merosidan   bahra va o’rnak olib  ulg’aygan  xotin-qizlar oila va  mahallada, jamiyatimizda tinch va  osoyishta xayotning,  mehr-oqibat,  shavqat va muruvvat   tuyg’ularining qadriga yetish, o’zaro xurmat va hamjixatlik  kabi sog’lom muhitni  mustahkamlashga  munosib hissa qo’shaveradi.

 

 

 

Iroda   Ulug’bekova

                                                                                        Oltiariq tumani

                                                                                               4-IDUM ingliz tili fani  o’qituvchisi

 “Do’stlik”  ordeni   sohibasi.

XOTIRA MUQADDAS

              XOTIRA   MUQADDAS

xot

  Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’. O’tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq ,  xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinch-totuvligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan ajdodlar doimo  xalqimiz e’tibori va ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat  ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-toqat bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni  sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, faxriy  ustozlarning  qilgan  mehnatlar, ezgu amallarini ardoqlash, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi. Mamlakatimiz 1-Prezidentining :“ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.  O’tmishini xotirlamaydigan xalqning ertasi yorug’ bo’lmaydi. Har bir xalq va millat kechagi hayotidan, o’zi bosib o’tgan yaxshi-yomon kunlardan, tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog’i zarur.  Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrlidir…” degan  bu so’zlari zamirida mujassam bo’lgan chuqur ma’no va mazmun mohiyatini anglash, uni doimo yodda tutish har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir. Zero, tinchlik va osoyishtalik bebaho va ulug’ ne’mat.  Davlatimiz rahbari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor, ularning har yili rag’batlantirilayotganligi, faxriylar ishtirokida turli tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilayotganligi, moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatilayotganligi, barcha-barchasi mamlakatimizda xotira va qadr tushunchalari  tantana qilayotganligining yaqqol isbotidir.

Barcha ta’lim maskanlarida o’tkazilayotgan  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va fahriylar bilan  uchrashuvlar va tadbirlar, ularning ko’rsatgan mardlik va jasurlik namunalari biz uchun o’ziga xos maktab vazifasini o’taydi.  Ayniqsa o’quvchilarining  taassurotlari o’z insholarida ota-bobolarimiz an’analarini davom ettirgan holda   jonajon Vatanimizning har bir qarich yerini ko’z qorachig’idek asraydigan, osmonimiz musaffoligini ta’minlaydigan, xalqimizning tinch-farovon hayotini qo’riqlaydigan  inson bo’lish, yurtimizda hukm surayotgan, eng katta boyligimiz bo‘lmish tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash   kabi muqaddas burch hissi aks etgani bizni juda quvontiradi. Bularning barchasi milliy qadriyatlarimizning bir bo’lagi bo’lgan xotira va qadr tushunchalari xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singib borayotganligidan dalolatdir.

 

Har bir inson mana shunday dorulomon kunlarda  qariyalarimizning duoga qo’l ochib,    “El-yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to’kin, hayotimiz farovon bo’lsin”, deya qilayotgan ezgu niyatlari doimo ijobat bo’lishini qalban istaydi . Vatanimiz tinchligi yo’lida qilingan ezgu ishlar, ajdodlarning mehnatlari aslo unutilmaydi. Yosh avlod qalbida tinchligimizning qadriga yetish , uni asrob-avaylash va shukronalik  hissi josh uraveradi.

 

9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI

      4-may kuni  5-“A”,“B”  sinf o‘quvchilari keksa buvi va bobolarni holidan xabar oldilar.

    7-“A”-sinf o‘quvchisi Tursunov Vohidjonning bobolari mehnat faxriylari, uzoq yillar shifokorlik kasbida ishlagan Ibrohim ota va Yoqubjonov Shahruhbekning bobosi To‘rayev Karim otalarlarning holidan xabar olib qaytishdi.

   O‘quvchilar faxriylarni hayot yo‘llari va mashaqqatli mehnatlari va shunday kunlarga aytgan shukronalarini jon quloqlari bilan tingladilar.   Sayohat  davomida o‘quvchilar tinchlik eng muqaddas kun ekanligi haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

   Faxriylar bilan suhbat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlari yanada ortdi.

      4-may kuni  5-“A”,“B”  sinf o‘quvchilari keksa buvi va bobolarni holidan xabar oldilar.

    7-“A”-sinf o‘quvchisi Tursunov Vohidjonning bobolari mehnat faxriylari, uzoq yillar shifokorlik kasbida ishlagan Ibrohim ota va Yoqubjonov Shahruhbekning bobosi To‘rayev Karim otalarlarning holidan xabar olib qaytishdi.

   O‘quvchilar faxriylarni hayot yo‘llari va mashaqqatli mehnatlari va shunday kunlarga aytgan shukronalarini jon quloqlari bilan tingladilar.   Sayohat  davomida o‘quvchilar tinchlik eng muqaddas kun ekanligi haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

   Faxriylar bilan suhbat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlari yanada ortdi.

INSON XOTIRASI-MUQADDAS

UzB1

 

 “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.  O’tmishini xotirlamaydigan        xalqning ertasi yorug’ bo’lmaydi. Har bir xalq va millat kechagi hayotidan, o’zi bosib o’tgan yaxshi-yomon kunlardan, tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog’i zarur.  Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrlidir…”

                                                              I.A. Karimov                                                                     

Bu so’zlar zamirida mujassam bo’lgan chuqur ma’no va mazmun mohiyatini anglash, uni doimo yodda tutish har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir. Zero, tinchlik va osoyishtalik bebaho va ulug’ ne’mat.  Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’. O’tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq ,  xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinch-totuvligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan ajdodlar doimo  xalqimiz e’tibori va ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat  ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-toqat bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni  sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, faxriy  ustozlarning  qilgan  mehnatlar, ezgu amallarini ardoqlash, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi. Davlatimiz rahbari  Sh. Mirziyoyev: “ Birinchi prezidentimiz o’zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida o’chmas va yorqin iz qoldirdi. Buyuk yurtboshimiz nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahon miqyosida katta hurmat va obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan arbob sifatida tanilgan edi”,-deya ta’kidlab, mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risidagi qarorni e’lon qildilar va bu borada qilinayotgan amaliy ishlar, barcha-barchasi mamlakatimizda xotira va qadr tushunchalari  tantana qilayotganligining yaqqol isbotidir.     Barcha ta’lim maskanlarida o’tkazilayotgan  amaliy ishlar, tadbirlar, Mustaqilligimiz asoschisining ko’rsatgan mardlik va jasurlik namunalari, yoshlarga qaratilgan e’tibor va ishonchlari biz uchun o’ziga xos maktab vazifasini o’taydi.  Ayniqsa, o’quvchilarning  taassurotlari o’z insholarida ota-bobolarimiz an’analarini davom ettirgan holda   jonajon Vatanimizning har bir qarich yerini ko’z qorachig’idek asraydigan, osmonimiz musaffoligini ta’minlaydigan, xalqimizning tinch-farovon hayotini qo’riqlaydigan  inson bo’lish, yurtimizda hukm surayotgan, eng katta boyligimiz bo‘lmish tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash   kabi muqaddas burch hissi aks etgani bizni juda quvontiradi. Bularning barchasi milliy qadriyatlarimizning bir bo’lagi bo’lgan xotira va qadr tushunchalari xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singib borayotganligidan dalolatdir.

Har bir inson mana shunday dorulomon kunlarda  qariyalarimizning duoga qo’l ochib, “El-yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to’kin, hayotimiz farovon bo’lsin”, deya qilayotgan ezgu niyatlari doimo ijobat bo’lishini qalban istaydi . Vatanimiz tinchligi yo’lida qilingan ezgu ishlar, ajdodlarning mehnatlari aslo unutilmaydi. Yosh avlod qalbida tinchligimizning qadriga yetish , uni asrob-avaylash va shukronalik  hissi josh uraveradi.

                                                                                                            Nazokat Mamasidiqova  

                                                                                 ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi